71 203-00-50
"TO'RTKO'L PAXTA TOZALASH" AKSIYADORLIK JAMIYATI

“TO‘RTKO‘L PAXTA TOZALASH” AKSIYADORLIK JAMIYATI AKSIYADORLARINING YILLIK UMUMIY YIG‘ILISHI TO'G'RISIDA E'LON
Дата раскрытия: 02.06.2022   
Дата опубликования модератором*: 02.06.2022   

“To‘rtko‘l paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!

“To‘rtko‘l paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi 2022 yil “23” iyun kuni o‘tkaziladi. Umumiy yig‘ilish soat 1200da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumani, Beruniy ko‘chasi, 1-uyda joylashgan “To‘rtko‘l paxta tozalash”aksiyadorlik jamiyati ma’muriy binosining majlislar zalida o‘tkaziladi.Yig‘ilish qatnashchilari ro‘yxatga olish soat 11 00 boshlanadi.

Jamiyatning veb-sayti:www.tortkulpaxta.uz

KUN TARTIBIDAGI MASALALAR:

1. Umumiy yig‘ilishining reglamenti va sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.

2. Jamiyat ijroiya organi rahbarining 2021 yildagi faoliyati hamda biznes-reja ko‘rsatkichlarini bajarilishi bo‘yicha jamiyat Bosh direktorining hisobotini va 2021 yillik hisobotini tasdiqlash.

3. Jamiyat ijroiya organi rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasining muddatini uzaytirishni ko‘rib chiqish.

4. Jamiyatning 2021 yil yakuni bo‘yicha auditorlik tashkiloti xulosalarini ko‘rib chiqish.

5. Jamiyatning 2022 yil uchun mo‘ljallangan biznes-rejasini tasdiqlash.

6. Jamiyatning 2020 yil yakunidan taqsimlanmasdan qolgan va 2021 yil bo‘yicha olingan sof foydasini taqsimlash.

7. Jamiyatning 2022 yil yakuni bo‘yicha auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini va unga to‘lanadigan haqning eng kam miqdorini belgilash.

8. Jamiyatda 2021 yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalarini ko‘rib chiqish.

9. Jamiyat Nizomiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

10. Jamiyat tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

11. Jamiyat kuzatuv kengashi a’zolarini qayta saylash.

12. Jamiyat kuzatuv kengashi a’zolariga haq to‘lash masalasini ko‘rib chiqish.

13. Jamiyat tomonidan “E-auksion” elektron savdo platformalariga savdoga chiqarilgan va muddatida sotilmagan jamiyat aktivlari qiymatini belgilangan tartibda bosqichma-bosqich tushirish masalasini ko‘rib chiqish

Jamiyat aksiyadorlari umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega aksiyadorlarning reestri 2022 yil 17 iyun holatiga shakllantiriladi.

Aksiyadorlar o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat pasport hamda ularning vakillari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari shart (jismoniy shaxslar uchun notarius tomonidan tasdiqlangan, yuridik shaxslar uchun mazkur yuridik shaxs tomonidan berilgan).

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqiladigan kun tartibidagi masalalar bo‘yicha ma’lumotlarni “To‘rtko‘l paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyatida tanishishlari mumkin. Aksiyadorlar qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qilishlari mumkin: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumani, Beruniy ko‘chasi, 1-uy. Jamiyatningelektron pochtasi: turtkuloqoltin@inbox.uz

“To‘rtko‘l paxta tozalash”AJ KUZATUV KENGAShI

02.06.2022

Link to the announcement on the website of the issuer

Issuer is responsibe for the accuracy and completeness of information published on the portal by him

   238    
   
* Дата размещения информации на ЕПКИ после исправления недостоверных сведений (ошибок)

Events

Mn Tu We Th Fr St Su
General Statistics
  • Total issuers
    622
  • Issuers disclosed information
    725
  • Total disclosures
    38989
  • Essential facts
    28738
  • Prospectuses
    159
  • Quarterly reports
    7871
  • Annual reports
    2221
  • Charters
    1263