Дата раскрытия: 06.05.2022
Дата опубликования модератором*: 06.05.2022
Kodeksning tuzulishiga rioya qilmaslik haqidagi sharhlar |
Tushuntirish |
AJ tomonidan o‘z faoliyatida
Korporativ boshqaruv kodeksining tavsiyalarini qabul qilganligi to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni nashr etish to‘g‘risida |
Ma’lumot korporativ ma’lumotlarning
yagona portali va kompaniyaning veb-saytida, e’lon qilindi, fond birjasi veb-saytida
va ommaviy axborot vositalarida Jamiyatning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib
chiqqan holda ma’lumotlar nashr etilmadi, chunki aksiyadorlik jamiyatida bitta
aksiyador mavjud va aksiyalarni sotish rejasi yo‘q, shuning uchun fond birjasida
ro‘yxatga olishning hojati yo‘q. |
Axborotni mahfiy ma’lumotlar va tijorat sirlari
sifatida tasniflashning aniq mezonlarini belgilash to‘g‘risida |
Axborotni mahfiy ma’lumot va
tijorat siri sifatida tasniflashning aniq mezonlarini amalga oshirish bo‘yicha
ishlar olib borilmoqda va yaqin kelajakda tasdiqlanadi. |
Boshqa korxonalarni boshqarish
organlarida AJ vakillari uchun ovoz berish tartibini belgilash to‘g‘risida |
Kuzatuv kengashi Ijroiya organiga
boshqa korxonalarning boshqaruv organlarida AJ vakillari uchun ovoz berish tartibini
ishlab chiqishni buyurdi. |
Aksiyadorlarga elektron pochta
orqali ovoz berish imkoniyatini yaratish to‘g‘risida (elektron raqamli imzo bilan
tasdiqlangan holda), shuningdek videokonferensaloqa rejimida umumiy yig‘ilish
o‘tkazish to‘g‘risida |
Ayni paytda aksiyadorlarga
elektron pochta orqali ovoz berish (elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda),
shuningdek videokonferensaloqa orqali umumiy yig‘ilishni o‘tkazish imkoniyatlarini
taqdim yetishni nazarda tutgan holda, Jamiyatning ichki tartib qoidalariga o‘zgartirishlar
kiritish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. |
Kreditorlik va debitorlik qarzlarini
kamaytirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar to‘g‘risida |
Oldingi hisobot davriga nisbatan
kreditorlik va debitorlik qarzlarining o‘sishi ish hajmining oshishi, shuningdek,
xizmatlarning mavsumiyligi bilan bog‘liq. Kreditorlik va debitorlik qarzlarini
kamaytirish bo‘yicha ishlar doimiy ravishda olib boriladi |